Taraddud oldi tadbirlar

Joriy 2025 yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatiga 120 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan tuman(shahar) va tashkilotlarda sana doirasidagi tadbirlar, shuningdek, sohada ko‘p yillar faoliyat yuritayotgan fidoyilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “nuroniy” jamg’armasi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘limida nuroniylar ishtirokida, shuningdek, Chimboy tumani 22-sonli maktabida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Chimboy tuman bo‘linmasi tarkibidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan kasaba uyushmasi a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlar ham ayni shu mavzuga bag’ishlandi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmat ko‘rsatish xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston kengashi raisi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashidan hududlarga biriktirilgan vakillar, boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti a’zolari, faollar va nuroniylar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni e’tirof qilarkan, kasaba uyushmalarining faoliyatiga munosib baho berishdi.

Ko‘tarinki tarzda o‘tgan tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar oldi.