Vazirlikda hisobot-saylov va jamoa shartnomaning bajarilish bo‘yicha yig’ilish o‘tkazildi

Qoraqalpog’iston Respublikasi transport vazirligida 2023-2025 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2024 yil davomida ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ijrosi bo‘yicha umumiy yig’ilishi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi transport vazirligi kasaba uyushma qo‘mitasining 2020 yilning fevral oyidan 2025 yilning fevral oyi oralig’ida ishlagan faoliyati to‘g’risida hisobot-saylov yig’ilishi o‘tkazildi.  Bunda O‘zbekiston transport, yul va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o‘rinbosari Sultonov Baxodir Fazilovich, O‘zbekiston transport yul va kapital qurilish,qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raisi Paluaniyazova Gulmira Turganbaevna ishtirok etdilar.

Yig’ilishda vazirlik va kasaba uyushmasi o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomasi bandlarining ijrosi bo‘yicha har ikki tomonning hisobotlari tinglandi. Jamoa shartnomasi bandlarining 2024 yilda bajarilishi qanoatlantirarli deb qaror qabul qilindi. Shundan so‘ng vazirlik kasaba uyushma qumitasining hisobot saylovi yuzasidan kun tartibidagi 2020 yil fevral oyidan 2025 yil fevral oyi oralig’ida bajarilgan ishlar bo‘yicha ish beruvchi va kasaba uyushmasi komiteti hisobotlari tinglandi Shuningdek yig’ilishda boshlang’ich kasaba uyushmasi komiteti tarkibi va boshlang’ich tashkilot raisini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig’ilish kun tartibidagi, masalalar bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari o‘qib eshittirilib, masalalar muxokama qilib olindi. O‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.