MUROJAATLAR TAHLILI

Bir murojaat ortida bir inson taqdiri bo‘lsa, murojaatlar tahlili sohalardagi tizimli masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashiga kelib tushayotgan murojaatlar muntazam tahlil qilinib, qonun hujjatlariga mos ravishda o‘z echimini topmoqda.

Kengashga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar statistikasi tahliliga ko‘ra, joriy yilning 10 oyi davomida jami 583 ta murojaat kelib tushgan. Shundan yozma murojaatlar 292, og’zaki murojaatlar 236, elektron murojaatlar 19, “Ishonch telefoni” orqali 36 tani tashkil qiladi.

Ushbu murojaatlarning 102 shikoyat, 480 ariza, 1 taklif shaklida bo‘lib, ularning 219 erkak kishilar tomnoidan, 273 ayol kishilar tomonidan, 74 yuridik shaxslardan, 17 jamoaviy murojaat sifatida berilgan.

Shuningdek, joriy yilning 10 oyi davomida fuqarolarning yo‘llagan murojaatlar mazmuni bo‘yicha: huquqiy ximoya 378, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish 108, mehnat muhofazasi 12, kasaba uyushmasi tashkiliy-huquqiy faoliyati 30, sog’lomlashtirish 12, moddiy yordam ajratish 30, ijtimoiy mehnat munosabatlariga oid boshqa masalalar 3, kasaba uyushmalari vakolatiga oid bo‘lmagan masala 10 ta murojaatni tashkil qiladi.

Murojaatlarni joyiga borib o‘rganish, ma’lumotlar to‘plash, sud jarayonlarida kasaba uyushmasidan vakil  sifatida ishtirok etish natijasida 191 ta murojaat qanoatlantirildi  va 350 tasi bo‘yicha tushintirish berildi.

O‘rganishlar natijasida Kengash tomonidan mehnat munosabatlariga oid qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida shu yilning 10 oyi davomida fuqarolarning ish haqi va mehnat munosabatlari bilan bog’liq to‘lovlar bo‘yicha 138 ta shaxsning huquqi tiklanib, ularning foydasiga jami 2 905 036 301 so‘m undirilgan, 138 nafar shaxsning huquqi tiklangan.

Insonlarning yashash tarzi va kayfiyati bevosita ularning bandligi, ish haqini o‘z vaqtida olishi, bir so‘z bilan aytganda, mehnat huquqlarining ta’minlanishi bilan bog’liqdir.

O‘ylaymizki, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni tizimli hal etishga qaratilgan harakatlar “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ladi.

Ayjamal KARAMATDINOVA

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi referenti