Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashida Ma’rifat soati tashkil etildi.
Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog’iston bo‘limi vakillari, Qoraqalpog’iston kengashi apparat xodimlari hamda kasaba uyushma faollari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi o‘rinbosari M.Daniyarov, Mehnat faxriysi B.Sultanov, Nukus davlat pedagogika instituti professori K.Mambetov hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Din ishlari boshqarmasi vakili K.Nezametov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakillari N.Tadjimuratov, Z.Davletov, Qoraqalpog’iston musulmonlar qoziyoti qozi o‘rinbosari A.Jolaushievlar so‘zga chiqib, jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosi shuningdek, dinlararo bag’rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, diniy ekstremizm, missionerlik hamda diniy aqidaparastlikning turli ko‘rinishlariga barham berish haqida fikir va muloxazalarini bildirishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: