Shu yilning 14-15 fevral kunlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tegishli mas’ul mutaxassislar tomonidan Nukus tumani tarmoq kengashlar va boshlang’ich kasaba uyushmalari tashkilotlarga kasaba uyushmasi ishlari ustav talablari asosida olib borish bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Amaliy yordam ko‘rsatish davomida kasaba ubshmasi organlarida aniqlangan hato-kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Kengash ma’sul xodimlari tomonidan o‘quv-seminar tashkillashtirildi. O‘quv-seminarda jamoat shartnomalarni qabul etish, bajarilishini nazorat qilish, mehnatni muhofaza qilish masalalari, murojaatlar bilan ishlash, madaniy-marifiy va sport tadbirlarini tashkillashtirish, kasaba uyushmasi byudjetining maqsadli sarflanishi va hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tushunchalar berildi.
O‘quv-seminar yakunida qatnashuvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: