Mehnat munosabatlarida kasaba uyushmalari muhim o’rin egallaydi

Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti majlislar zalida O’zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi tizimidagi korxona va tashkilotlarning kasaba uyushmalari faollari uchun o’quv seminar bo’lib o’tdi.

Unda, O’zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi rais o’rinbosari G’.Ya.Safarov, respublika kengashining mehnat inspektsiyasi boshlig’i-bosh mehnat inspektori A.B.Musulmanov, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha mas’ul tashkilotchisi E.E.Seytnazarov qatnashdi.

Seminar davomida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2023 yil 17 iyuldagi 10-1 sonli Ijroiya qo’mita qarorining ijrosi bo’yicha belgilangan vazifalar, ijtimoiy himoya, jumladan jamoa kelishuvlari hamda shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish bo’yicha tuman va shahar kengashlari hamda boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlarida yo’l qo’yilgan kamchiliklar, ish beruvchi va xodim o’rtasidagi mehnatga oid munosabatlar, mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish, joylarda qulay sharoitlarni yaratish va baxtsiz hodisalarni oldini olishda kasaba uyushmalarning vazifalari, sohaga oid muammolar va ularning echimi yuzasidan fikr almashildi.