Shu yilning 8 may kuni O’zbekiston kasba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi majlislar zalida O’zbekiston kasaba uyushma Federatsiyasi, O’zbekiston Adliya vazirligi va O’zbekiston kambag’allikni qisqaptirish va bandlik vazirligi qoshidagi oila va xotin-qizlar qo’mitasining “Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlari hamda imkoniyatlari kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga qo’shimcha va o’zgartishlar kiritish haqida”gi O’RQ-809-sonli Qonunini amalga oshirish bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi ko’lamida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Tadbirga O’zbekiston kasba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashining, Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi, Oila va xoti-qizlar qo’mitasi mas’ul xodimlari hamda tuman (shahar)lardagi OFY, MFYlarning xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.
Tadbirni Senator, O’zbekiston kasba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov ochib berdi va olib bordi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi bo’lim mudiri A.Oteo’liev ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlari hamda imkoniyatlari kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga qo’shimcha va o’zgartishlar kiritish haqida 2022 yil 15 dekabrdagi 809-son Qonunining mazmuni, bugungi kundagi dolzarbligi to’g’risida keng tushunshalar berdi.
So’ng O’zbekiston kasba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi mehnat xuquq inspektori P.Tursыnov tomonidan mehnat shartnomalarini bekor qilishda xotin-qizlarga berilgan engilliklar, ish beruvchilarning vazifalari to’g’risida tushunщalar berdi.
Tadbir so’ngida ishtiorkchilar o’zlarining qiziqtirgan sovollariga javoblar oldilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: