Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi kubogi o’tkazildi

Shu yilning 3 noyabr kuni Nukus shahrida Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Nukus Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamiyat salomatligi texnikumi sport bazasida sog’liqni saqlash xodimlari o’rtasida sportning kichik futbol tүri bo’yicha 11 noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan “O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi kubogi” musobaqasi o’tkazildi.

Musobaqaga tarmoq muassasalarining 27 jamoa tarkibida 200 dan ortiq xodimlar qatnashdi.

Musobaqa natijasida Qoraqalpog’iston Respublikasi sanitariya-epidemiyalogik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi jamoasi I-o’rinni, Chimboy tumani tibbiyot birlashmasi jamoasi II- o’rinni, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali jamoasi III- o’rinni egalladi.

Shuning bilan birga «Eng yaxshi darvazobon», «Eng yaxshi hujimchi», «Eng yoshi katta ishtirokchi», «Eng yosh ishtirokchi», «Eng yaxshi o’yinchi», «Eng yaxshi himoyachi» nominatsiyalari bo’yicha g’oliblar aniqlandi.

Musobaqa natijasida g’oliblar, nominatsiya g’oliblari, musobaqaga faol ishtirok qilgan jamoalar O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan tayyorlangan tegishli darajadagi kuboklar, medallar, diplomlar va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

Musobaqani tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan muassasalarga O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovg’alar topshirildi.