Kasaba uyushma faollari taqdirlandi

2022 yilning 3 noyabr kuni Nukus shahrida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashining majlislar zalida tarmoq xodimlarining sotsial-iqtisodiy, huqiqiy manfaatlarini va mehnatni muhofaza qilishdagi natijali xizmati va “11 noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan bir qator kasaba uyushma faollari Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi bilan O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi bilan birgalikdagi “Fahriy yorlig’i” va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandi.
Bayram tadbirida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi Senator Jalmenov Ulыkbek Abыlaevich qatnashdi.