Shu yilning 5-oktyabr kuni Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida respublikamizda xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy tomondan qo’llab-quvvatlash bo’yicha respublika komissiyasi tomonidan o’tkazilayotgan «Eng yaxshi sektor rahbari», «Eng yaxshi mahalla raisi», «Eng yaxshi hokim yordamchisi», “Eng yaxshi yoshlar etakchisi», «Eng yaxshi xotin-qizlar faoli» va «Eng namunali ish beruvchi ayol» tanlovlarining Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi o’tkazildi.
Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi raisi A.Orыnbaev, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.Sariev, O’zbekiston temir yo’l va transport quruvchilari kasaba uyushmasi respublika kengashining raisi Q.Sabirov va Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o’rinbosari, oila va xotin-qizlar qo’mitasi raisi M.Axmedova ishtirok etdi.
TadbirniO’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenovolib bordi.
Shundan so’ng Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining raisi A.Orыnbaev va O’zbekiston temir yo’l va transport quruvchilari kasaba uyushmasi respublika kengashining raisi Q.Sabirov so’zga chiqib, yig’ilganlarni Prezidentimiz tomonidan yurtimizda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning muammolariga barham berish bo’yicha olib borilayotgan keng ko’lamli ishlariga to’xtaldi.
Tadbirda takidlanganidek, Ayollar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qullab-quvvatlash bo’yicha respublika komissiyasi, uning tarkibidagi ishchi guruh va mas’ul korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan yurtimiz hududida «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularring bandligini ta’minlash yo’nalishidagi qator ishlarni olib bormoqda. Takidlaganidek, ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o’qitish, tomorqa erlaridan unumli foydalanishga ko’maklashish, o’zini-o’zi band qilish, kreditlar ajiratish, nogironligi bo’lgan xotin-qizlarga moddiy yordamlar ko’rsatish, ularni uy-joy bilan ta’minlash, ta’mirlash va boshqa keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, qaramog’ida bir va undan ko’p birinchi guruh nogiron bolalari bo’lgan yolg’iz onalar, tibbiy, huquqыy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar amaliy qo’llab-quvvatlanmoqda.
Xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashda davlat idoralari ma’suliyatini oshirilmoqda. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan bu xayrli ishlarni amalga oshirishda namunali va muntazam ish olib borgan ma’sul xodimlarni taqdirlab borish yo’lga qo’yildi.
Xalqning ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlarini qo’llab-quvvatlash yana shunday oilalarga moddiy va beg’araz yordam ko’rsatish, shuningdek, yurtimizda gender siyosati va ijtimoiy-siyosiy turmushida xotin-qizlarning rolini orttirishga qaratilgan ishlarni namunali tashkillashtirgan korxonalarining ayol rahbarlarini taqdirlash va ish beruvchilarning ish samaradorligini oshirish maqsadida «Eng namunali ish beruvchi ayol», xududlari obod va tinch bo’lgan fuqarolar yig’inlarining raislari o’rtasida «Eng yaxshi mahalla raisi», muammolarini «mahallabay», «honadonbay» o’rganish, ularni xal etishga ko’maklashish, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari va mas’ul idoralar yoki tashkilotlar o’rtasida sheriklikni mustahkamlash, xududlarni kompleks rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash maqsadida «Eng yaxshi sektor raisi», xar bir shahar, tumanlardagi xar bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish maqsadida «Eng yaxshi xokim yordamchisi», yoshlar muammolarini maxalla fuqarolar yig’inlarida xal etish, ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni kamaytirish maqsadida «Eng yaxshi yoshlar etakchisi», maxallalardagi xotin-qizlar va keksa avlod vakillari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, mahallabay ishlashga mas’ul bo’lgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va o’z-aro hamkorlikni ta’minlash maqsadida «Eng yaxshi xotin-qizlar faoli» tanlovlari yo’lga qo’yildi.
Dastlab, tanlovlarning shahar va tuman bosqichlari shu yilning iyul-avgust oylarida o’tkazilib, «Eng namunali ish beruvchi ayol» tanlovi bo’yicha 112, «Eng yaxshi mahalla raisi» tanlovi bo’yicha 256, «Eng yaxshi hokim yordamchisi» tanlovi bo’yicha 290, «Eng yaxshi yoshlar etakchisi» tanlovi bo’yicha 293, «Eng yaxshi xotin-qizlar faoli» tanlovi bo’yicha 268 va “Eng yaxshi sektor rahbari” tanlovi bo’yicha 48 ishtirokchilar qatnashdi.
Shundan so’ng, sentyabr oyida tanlovlarning ikkinchi-Qoraqalpog’iston hududiy bosqichi o’tkazildi.
Tadbirda g’oliblarga sovrinlar tantanali ravishda topshirildi.
«Eng namunali ish beruvchi ayol» tanlovida uchinchi o’rinni Qo’ng’irot tumani «WUNDERKIND IN KUNGRAD» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti raisi Abdullaeva Dilnoz Kengesbaevna, ikkinchi o’rinni Kegayli tumani «RUS-ISLAM-SULTAN» oilaviy korxonasi raisi Rametova Ayjamal Tolыbaevna, birinchi o’rinni Qoraqalpog’iston Respublikasi nogironlar jamiyatiga qarashli «BERNINA NUKUS» sh’uba korxonasi direktori Dauletiyarova Parshagul Muratbaevna, «Eng yaxshi maxalla raisi» tanlovida uchinchi o’rinni Kegeyli tumani «Gujimterek» mahalla fuqarolar yig’ini raisi Jumamuratov Baxtiyar Jadigerovich, ikkinchi o’rinni Nukus shahar «Nao’qan bag'» mahalla fuqarolar yig’ini raisi Aytbaeva Zamira Joldashovna, birinchi o’rinni Chimboy tumani «Berdaq» maxalla fuqarolar yig’ini raisi Palvanova Fatima Maratovna, «Eng yaxshi sektor raisi» tanlovida uchinchi o’rinni Xo’jayli tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi, 4-sektor rahbari Niyatullaev Perdebay Jumabaevich, ikkinchi o’rinni Qorao’zak tumani prokurori, 2-sektor rahbari Djolmanov Najimaddin Baymurzaevich, birinchi o’rinni Qonliko’l tumani ichki ishlar bo’limi boshlig’i, 3-sektor rahbari Urumbaev Farxat Tursыnbaevich egalladi. Shuningdek, «Eng yaxshi xokim yordamchisi» tanlovida To’rtko’l tumani «Makazobod» maxalla fuqarolar yig’ini hokim yordamchisi Kuchkarov Akmaljan Ikramovich uchinchi, Shumanoy tumani «Madaniyat» mahalla fuqarolar yig’ini xokim yordamchisi Qыdыrbaev Baxtiyar Reyimbaevich ikkinchi, Qo’ng’irot tumani «Qoraqalpog’iston» shaharcha fuqarolar yig’ini hokim yordamchisi Ametova Jamila Janibekovna birinchi, «Eng yaxshi yoshlar etakchisi» tanlovida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Taxiatosh tuman bo’limining «Xalqlar-do’stligi» mahalla fuqarolar yig’inidagi yoshlar etakchisi Joldasbaev Sultanbek Qonыratbay o’g’li uchinchi, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Amudaryo tuman bo’limining «Qilichboy» ovul fuqarolar yig’inidagi yoshlar etakchisi Otamuratov Jasurbek Qurbonboy o’g’li ikkinchi, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qo’ng’irot tuman bo’limining «Mingjarg’an» mahalla fuqarolar yig’inidagi yoshlar etakchisi Mambetyarova Ulbosin Musatdin qizi birinchi, «Eng yaxshi xotin-qizlar faoli» tanlovida Taxtako’pir tumani «A.Adilov» ovul fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli Baxbergenova Kamshat Shoxanovna uchinchi, Shumanoy tumani «Mamiy» ovul fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli Salieva Nargiza Zinullaevna ikkinchi, Beruniy tumani «Qizilqal’a» ovul fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli Nurimbetova Nargiza Davletbaevna birinchi o’rinlarga sazovar bo’ldilar.
G’oliblarga diplom va pul mukofatlari topshirildi.
Tanlovda birinchi o’rinni egallaganlar respublika bo’ylab o’tkaziladigan final boskichiga yo’llanma oldi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: