“Boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi faoliyatini ustav talablari asosida olib borish” mavzusidagi o’quv-seminar

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 2022 yil 21 sentyabr kuni Chimboy tumanida “Boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi faoliyatini ustav talablari asosida olib borish” mavzusidagi o’quv-seminari tashkil etildi.

O’quv-seminarda tarmoq kasaba uyushmalaridan 60 nafar yangidan saylangan boshlang’ich kasaba uyushma qo’mita raislari ishtirok etti.

O’quv-seminar dasturiga asosan: Kengash tashkiliy ishlar bo’limi mudiri G.Ilmuradova “Kasaba uyushmalari xodimlarining potentsialini oshirish”, “Kasaba uyushmasi qo’mitasi faoliyatini rejalashtirish”, “Boshlang’ich tashkilotlarda o’z qarorlari, yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlarning ijrosini monitoringini olib borish”, Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo’limi etakchi mutaxassisi E.Utepbergenov “Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmalarining o’rni”, “Jamoa kelishuvlari va shartnomalarini qabul qilish, amalga oshirish, ijrosini ta’minlash”, Kengash mehnat huquq inspektori P.Tursыnov “Kasaba uyushmalarining huquqiy asoslari. Mehnat shartnomasini tuzish, o’zgartirish va bekor qilishning tartibi” mavzularida nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.

O’quv-seminar yakunida ishtirokchilar o’zaro fikr almashishdi va o’quv-seminar yuzasidan anketa savollariga javoblar olindi.