1997 yil Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan 12 iyun – “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni” deb belgilangan.
Ushbu sana munosabat bilan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan Nukus shaxridagi “Turan” va “Aral” bolalar yozgi oromgohlarida 12 iyun – “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni” ga bag’ishlangan “Bolalar mehnatiga barham berish uchun umumiy ijtimoiy himoya!” shiori ostida bir qator tadbirlar majmui tashkil etildi.
“Turan” va “Aral” bolalar yozgi dam oluvchi maskanindagi dam oluvchi bolalar bilan sportning qilichboshlik va og’ir atletik turidan O’zbekiston chempionlari Nafisa Urazbaeva, Alisher Radjapovlar bilan uchrashuvlar o’tkazilib, unda chempionlar ushbu muffaqiyatlarga erishishda mamlakatimizda barcha sharoitlarning yaratilganligi, udan yoshlarimiz unumli foydalana bilishi, birinchi navbatda yaxshi o’qishlari, doimiy ravishda sport bilan shug’ullanishlari, o’zlarining bo’sh vaqtilarini to’g’ri tashkil eta bilishi, ko’p kitob o’qishi haqida aytib o’tib, ushbu ishlarda ota-onalar va keng jamoatchilik hamkorlikda ish olib borishini alohida ta’kidlab o’tdilar.
Bunan sung suzga chiqganlar, bolalar bog’chasi, maktab, kollejlar, bolalar yozgi oromgohlari, bolalar va yoshlarning tashkilotlarining bolalar hayotidagi o’rni, tizimli ta’lim – bolalar mehnatining og’ir shakllariga yo’l qo’ymaslikning omili ekanligi, o’qitish bilan birga ularga berilayotgan tarbiya, shuningdek, yaratilgan imnokiyatlar, bolalar bo’sh vaqtini sermazmun tashkil etishda joylardagi madaniyat va sport muassasalarining vazifalari haqida, mamlakatimizda bolalar mehnatining muhofazalanganligi, ushbu o’rinda Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan e’lon qilingan 12 iyun – “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni”ning ahamiyoti, joylarda majburiy va bolalar mehnatiga yo’l qoymaslik, O’zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunda o’n sakkiz yoshga to’lgunga qadar bo’lgan shaxs bola deb hisoblanishi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni bilan barcha bolalar uchun 11 yillik majburiy ta’lim tizimi joriy etilganligi haqida aytib o’tdilar.
Bunday tadbirlar Ellikqala tumanidagi “Orol bolalari” va “Gulshan” Qung’irot tumanidagi “Jayxun-2” Qanliko’l tumanidagi “Sunqar” Mo’ynoq tumanidagi “Oq kema”, To’rtko’l tumanidagi “Lochin”, Taxiatosh tumanidagi “Aydыn jol” Amudaryo tumanidagi “Qaldirg’osh” va Beruniy tumanidagi “Rohat” bolalar yozgi dam oluvchi maskanlarda o’tkazildi.
12 iyun – «Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni»ga bag’ishlangan “Bolalar mehnatiga barham berish uchun umumiy ijtimoiy himoya!” shiori ostida o’tkazilgan tadbirlarda, bolalar o’rtasida rasm chizish tanlovi, sportning shaxmat-shashka, stol tennisi turlaridan musobaqalar tashkil etilib, tanlov va musobaqalar g’oliblariga kasaba uyushmalari tomonidan esdalik sovg’alari va diplomlar topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: