Joriy yilning 12 may kuni Nukus shahridagi 32 sonli umumta’lim maktabida korxona, tashkilot va muassasalarning ishchi-xodimlar va yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni hamda sog’lom turmush tarzini ommaviy tarzda targ’ib qilish maqsadida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Jismoniy tarbiya va sport-sog’lomlashtirish boshqarmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha mas’ul tashkilotchisi tomonidan tashkil qilingan sportning og’ir atletika turi bo’yicha ko’p marotaba O’zbekiston chempioni, o’smirlar o’rtasida Osiyo chempioni va «Mard o’g’lon» ko’krak nishoni sohibi Radjapov Alisher Muxadinovich va ushbu maktabning jismoniy tarbiya o’qituvchilari, jismoniy tarbiya fanidan amaliyotchilar va o’quvchilari bilan uchrashuv tadbiri o’tkazildi. Davra suhbati davomida chempion sportchi o’zining sporttagi erishgan natijalari va bosib o’tgan yuli xaqida gapirib berdi. Tadbir yakunida o’quvchilar o’zlarining og’ir atletika bo’yicha qiziqtirgan savollarga javob berdi.
O'xshash yangiliklar
“Tibbiyot xodimlari kuni” belgilandi
12.11.2022 18:19:07
4166
Munosib mehnat sharoitlari o’rganildi
05.05.2023 17:04:52
2144
Amaliy yordam ko‘rsatildi
05.04.2024 10:40:10
913
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: