Joriy yil 18 mart kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida “Yangi O’zbekistonga qanot bo’lamiz” ijodiy ishlar tanlovining respublika bosqichi.g’oliblarini tantanali taqdirlash tadbiri bo’lib o’tdi.
“Yangi O’zbekistonga qanot bo’lamiz” ijodiy ishlar tanlovi 2022 yilning 14-18 mart kunlari Toshkent shahrida o’tkazildi. Bu tanlovni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etdi.
“Yangi O’zbekistonga qanot bo’lamiz” ijodiy ishlar tanlovining respublika bosqichida. Tanlov dasturiga asosan, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritgan 33 nafar Temurbeklar maktablari va “Yosh chegarachi” harbiy akademik litseyi o’quvchilari ishtirok etdi.
Baholash natijalariga ko’ra, tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etgan 1- va 2-kurs o’quvchilari orasidan 1-, 2-, va 2 ta 3-o’rin g’oliblari hamda “Islohotlar bilimdoni”, “Jasoratga da’vat”, “Siyosiy savodxonligi uchun”, “Tinchlikparvar g’oyasi uchun”, “Eng savodxon insho”, “Taraqqiyot strategiyasi bilimdoni”, “Faol siyosiy qarashlari uchun”, “Fidoyilikka da’vat”, “Noan’anaviy yondashuv” nominatsiyalari bo’yicha sovrindorlar aniqlandi.
Taqdirlash tadbirida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari va Senati a’zolari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutasaddilari, shoirlar va olimlar, shuningdek, hududiy studiyalardan onlayn aloqa tizimi orqali mamlakatimizdagi Temurbeklar maktablari va “Yosh chegarachi” harbiy akademik litseyi direktorlari, ularning o’rinbosarlari hamda tanlov ishtirokchilarining ustozlari va ota-onalari ishtirok etdilar.
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi studiyasida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o’rinbosari, Qoraqalpog’iston Kengashi raisi, senator U.A.Jalmenov, Ichki ishlar vazirligi Nukus shahar “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi direktori, kasaba uyushmalari faolari, o’quvchilarning ustozlari va ota-onalari ishtirok etdi.
Tantanali taqdirlash tadbirida tanlovning barcha ishtirokchilariga Prezident sovg’asi sifatida Noutbuklar topshirildi.
Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Nukus shahar “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 1-kurs o’quvchisi Adxam Kadirovga 3-darajali Diplom va O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 10 million so’mdan pul mukofati bilan taqdirlandi.
Shu bilan birga, 1-kurs o’quvchilari o’rtasida Ichki ishlar vazirligi Nukus shahri “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o’quvchisi Sarafroz Rashidov “Islohotlar bilimdoni” nominatsiyasi, 2-kurs o’quvchilari o’rtasida esa ushbu litsey o’quvchilari Hayotbek Nishonov “Eng savodxon insho” nominatsiyasi va Bobur Artiqboev “Fidoyilikka da’vat” nominatsiyasida g’olib deb topildilar.
Nominatsiyalar g’oliblari diplom va zamonaviy smartfon telefonlari bilan taqdirlandilar.
Tanlov g’oliblarining ustozlari ham moddiy va ma’naviy rag’batlantirildilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: