“Boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi faoliyatini ustav talablari asosida olib borish” mavzusidagi o’quv-seminar

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 2022 yil 11 mart kuni Kengash majlislar zalida “Boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi faoliyatini ustav talablari asosida olib borish” mavzusidagi o’quv-seminari tashkil etildi.

O’quv-seminarda tarmoq kasaba uyushmalaridan 34 nafar yangidan saylangan boshlang’ich kasaba uyushma qo’mita raislari ishtirok etti.

O’quv-seminar dasturiga asosan Kengash raisi U.Jalmenov “Kasaba uyushmalari xodimlarining potentsialini oshirish”, tashkiliy ishlar bo’limi mudiri G.Ilmuradova “Kasaba uyushmasi qo’mitasi faoliyatini rejalashtirish”, “Boshlang’ich tashkilotlarda o’z qarorlari, yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlarning ijrosini monitoringini olib borish”, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo’limi mudiri P.Toremuratov “Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmalarining o’rni”, “Jamoa kelishuvlari va shartnomalarini qabul qilish, amalga oshirish, ijrosini ta’minlash”, Kengash mehnat xuquqi inspektori P.Tursыnov “Kasaba uyushmalarining huquqiy asoslari. Mehnat shartnomasini tuzish, o’zgartirish va bekor qilishning tartibi”, mehnatti muhofaza qilish bo’yicha etakchi mutaxassisi S.Orazыmbetov “Korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi bo’yicha jamoatchilik nazoratini olib borish” “Baxtsiz hodisalarning oldini olish”, madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo’limi mudiri G.Tlepov “Mehnat jamoalarida madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil etish”, Moliya bo’limi mudiri S.Ungarbaeva “Kasaba uyushmasi byudjeti mablag’larini maqsadli sarflanishini nazorat qilish. Mehnatkashlarning sanatoriylarda sog’lomlashtirilishini tashkil qilish” mavzularida nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.

O’quv-seminar yakunida ishtirokchilardan o’quv-seminar yuzasidan anketa savollariga javoblar olindi, test sinovlari va yakuniy davra suhbati o’tkazildi.