«MENING PREZIDENTIM» mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o’tkazilmoqda

Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq tәlim vazirligi hamda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi ijroiya Qo’mitasining qo’shma qarori bilan umumiy o’rta ta’lim berish maktablarining o’quvchilari o’rtasida «Mening Prezidentim» ijodiy ishlar tanlovi tashkillashtirilmoqda.

Tanlovning 1-bosqichi 20 noyabrdan 4 dekabrgacha barcha umumiy o’rta ta’lim berish maktablarida 10-11 sinf o’quvchilari o’rtasida, 2-bosqich 6 dekabrdan 14 dekabrgacha barcha umumiy o’rta ta’lim berish maktablaridagi g’oliblari o’rtasida shahar va tuman miqyosida, 3-bosqich 15 dekabrdan 20 dekabrgacha barcha shahar va tumanlardagi g’oliblari o’rtasida Qoraqalpog’iston Respublikasi miqyosida o’tkazilishi belgilangan.

Respublika bosqichida g’olib bo’lgan o’quvchilar joriy yilning 21-25-dekabr kunlari Toshkent shahrida o’tkaziladigan Өzbekstan Respublikasi bosqichida ishtirok etadi.

«Mening Prezidentim» tanlovining 1-bosqichida mahalliy umumiy o’rta ta’lim berish maktablaridagi 10-11 sinf o’quvchilari o’rtasida «Yangi O’zbekiston – mening nigohimda» mavzusida esselar tanlovi ko’tarinki ruhta o’tkazilmoqda.