Hurmatli Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 23 noyabrda O’zbekiston Respublikasining O’RQ-648-sonli «O’zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to’grisida»gi qonun qabul qilindi. O’nga ko’ra, 11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni deb belgilandi. Bu yangilik yurtimizdagi besh yarim milionndan ortiq kasaba uyushmalari a’zolari tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.
11 noyabr – “kasaba uyushmalari kuni”ni belgilash doyrasida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan “Yangi O’zbekiston – yangi kasaba uyushmalari” g’oyasi doirasida shu yilning 4 noyabr kuni Qoraqalpog’iston davlat yosh tomoshabinlar teatrida respublika rahbarlari, mehnat fahriylari hamda kasaba uyushmalari faollari ishtirokida konferentsiya va madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirni Senator, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federaiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.A.Jalmenov tabrik so’zi bilan ochib berdi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi M.Kamalov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariev ishtirok etdi va konferentsiya ishtorokchilarini bayram kuni bilan tabrikladi.
O’zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan mehnat fahriylari hamda kasaba uyushmalari faollari kasaba uyushmalari kuniga 1 yil to’lishi munosabati bilan estalik ko’krak belgilari, 2021 yil yozgi dam olish va sog’lomlashtirish mavsumida oromgohlarda karantin qoydalariga amal qilgan holda faoliyatini olib borgan sho’ningdek, bolalar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibin saqlash, transport va harakat xavfsizligini ta’minlashda hamkorlikda faoliyat olib borgan tashkilotlarga minnatdorchilik, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali muammolarni tizimli ravishda hal etish hamda o’larni ijtimoiy qo’llab-qo’vvatlash bo’yicha yordamlar ko’rsatish uchun Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligiga Fahriy yorliqi hamda qimmat baho sovg’alar berildi. Sho’ bilan birga, Kasaba uyushmalari stipendianti va sanatoriyaga bepul yo’llanmalari, O’zbekistan Respublikasi Mustaqilligiga 30 yil to’lishi munosabati bilan «O’zbekiston kasaba uyushmalari laureati respublika ko’rik-tanlovi» g’oliblari diplom, 30 va 20 million sum pul mablag’lari hamda ushbu yish oktyabr oyida o’tkazilgan «Mehnat huquqi bilimdoni» tanlovi g’oliblari ham diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida san’atkorlar ijrosida kontsert dasturi bilan davom etti.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: