Kasaba uyushma qo‘mitasining jamoa shartnomaning bajarilishi va hisobat-saylov umumiy yig’ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida 2023-2025 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2024 yil davomida ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ijrosi bo‘yicha umumiy yig’ilishi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali kasaba uyushma qo‘mitasining 2020 yilning fevral oyidan 2025 yilning fevral oyi oralig’ida ishlagan faoliyati to‘g’risida hisobot-saylov umumiy yig’ilishi o‘tqazildi.

Bunda O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi birlashgan qo‘mitasi raisi Ayapov Jenisboy Jarilkaganovich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mehnat inspektsiyasining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sho‘’basi mudiri Rzaeva Guzalya Turgunbaevna, O‘zbekiston transport, yul va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o‘rinbosari Sultonov Boxodir Fazilovich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Ilmuradova Gulnora Reypnazarovna, Qoraqalpog’iston Respublikasi Madaniyat vazirligi bo‘lim mudiri Avezmuratov Paraxat Bazarbaevich va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali direktori Ayapov Amanjol Tlepovichlar ishtirok etdilar.

Yig’ilishda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali xodimlari kasaba uyushmasi tizimida 238 nafar a’zolaridan 178 a’zolar (75 %) ishtirok etib, ammo 60 a’zo uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmadi. Kun tartibidagi masala bo‘yicha kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib Begjanov Berdaq Karimbaevich saylandi.

Yig’ilish kun tartibidagi, masalalar bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari o‘qib eshittirilib, masalalar muxokama qilib olindi. O‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Yig’ilish doirasida bu yil bo‘lib o‘tadigan hisobot-saylovlarni shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashga doir tushunchalar berib o‘tildi.