«Yoshlar oyligi»da sport musobaqalari

Joriy yilning 27 iyun kuni Nukus shahri 32-sonli o‘rta maktab sport zalida yosh mehnatkashlar orasida sport musobakalari o‘tkazildi.

“30 iyun – Yoshlar kuni” sana munosabati bilan «Yoshlar oyligi» doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyaning Qoraqalpog’iston kengashi hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida ishlovchi yosh mehnatkashlar orasida sportning shaxmat, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

150 dan ortiq yoshlar ishtirok etgan musobaqada g’oliblar aniqlanib ular diplom va sovg’alar bilan taqdirlandi.