“Qo’ng’irot soda zavodi”da ishchi-xodimlari bilan uchrashuv

11 noyabr —  O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami arafasida joriy yilning 7 noyabr kuni Qo’ng’irot soda zavodida O’zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi, Senator U.A.Jalmenov va kasaba uyushmalari faollari bilan birgalikda zavod faoliyati bilan tanishdi.

Qo’ng’irot soda zavodida mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlari ish beruvchi hamda kasaba uyushma qo’mitasi ijtimoiy sherikligida mustahkam himoyaga olingan. Xodimlar daromadlarini oshirish, ularga qo’shimcha mehnat ta’tillari berish, salomatliklarini mustahkamlash masalalari doimiy e’tiborda bo’lib, faol xodimlarni rag’batlantirib borish ham namunali tashkil etilgan.

Zavod tsexlarida faoliyat olib boruvchi boshlang’ich kasaba qo’mitalari raislari (ular 26 nafar) uchun yangi qabul qilingan jamoa shartnomasi bo’yicha: tsexlardan saylangan 59 nafar vakil uchun mehnat muhofazasi bo’yicha qator o’quv-seminarlari tashkil etildi. Tsex va bo’limlardagi kasaba uyushmasi burchagi, tsex kasaba uyushmasi kundaligi, mehnat muhofazasi buyicha vakil ish rejasi ishlab chiqildi hamda tarqatildi.

Mehnat faxriylariga alohida e’tibor qaratilmoqda Yubiley yoshiga etgan xodimlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida joriy yilda esa 61 nafar faxriy xodimiga moddiy yordam ajratilib va qimmatbaho sovg’alar qilindi.

Zavodda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning oila a’zolari, jumladan, farzandlarini sog’lomlashtirish ham kasaba uyushma qo’mitasining doimiy e’tiborida. bolalar oromgohida ishchilarining 200 ga nafar yaqin o’g’il-qizlari dam olgani bunga misoldir. Barcha xarajatlar to’liq korxona tomonidan kasaba uyushmasi orqali qoplab berildi.

Bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari, keng ko’lamdagi islohotlarning mazmun-mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining axamiyatini ishlovchilarga atroflicha tushuntirish maqsadida har oyda 2 marta “Ma’rifat soatlari” o’tkazish yo’lga qo’yilgan.

Zavod hududidagi “Elobod” shaharchasida joylashgan 52-sonli maktabda asosan ishchi-xodimlarmning farzandlari ta’lim oladi. Maktab o’quvchilari uchun ham toza ichimlik suvida muammo bo’lmasligi uchun uyushmamiz tomonidan 6 dona kuler xarid qilindi. Maktab kutubxonasi uchun 10 mln. so’m mablag’ evaziga yangi badiiy adabiyotlar, darsliklar, o’quv qo’llanmalari keltirildi, shuningdek, kitoblar uchun javon va stellajlar o’rnatildi.

Uchrashuv davomida zavodning bir qator mehnatkashlarga O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashining “Faxriy Yorliqlar”i topshirildi.

\