Bo’zatovda yangi sanatoriyaning tamal toshi qo’yildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2020 yil 2oktyabrdagi Qoraqalpog’iston Respublikasiga tashrifi davomida hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasida berilgan topshiriqlar va 2020 yil 8 oktyabrdagi “Qoraqalpog’iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda uchrashayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha amalga oshirilishiga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi 73-son Bayonining 103 bandiga muvofiq, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Bo’zotov tumanida 2021 yilda sanatoriy qurilishi bo’yicha vazifa belgilangan edi.

Bo’zotov tumani xokimining 2020 yil 13 noyabrdagi “Sanatoriya ob’ektini qurish uchun er maydoni ajratib berish haqida”gi 11-979 sonli qarori qabul etildi va Bo’zotov tumani «Erkindәrya» ovul fuqarolar yig’ini hududida sanatoriya qurish uchun er orni ajratildi.

Bo’zotov tumani «Erkindәrya» ovul fuqarolar yig’ini hududida sanatoriyning tamaltoshi 2023 yili 10 mart kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi, senator Orыnbaev Amanbay Tleubaevich, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Raisi o’rinbosari Qirg’izaliev Qobiljon, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi raisi, senator Jalmenov Ulыqbek Abыlaevich, Өzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sanator-Kurortlar boshqarmasi boshlig’i Axmedov Anvar Mixmonovich va Bo’zotov tumani hokimi Allaniyazov Kamal Amanbaevich tomonidan qo’yildi.

Sanatoriyning tamaltoshi qo’yish tantanasida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o’rinbosari Daniyarov Abat Saparbaevich, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kapital qurilish boshqarmasi boshlig’i Fozilov Haydar Inamovich, o’rinbosari Tursunov Hamid Shamshievich, “Kasaba loyiha” MChJ direktori Ibraximov G’ayrat Abdumo’minovich, “Kasaba qurilish” MChJ direktori Usmonov Xusan Abduvaxabovich,O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi Kengashi raisi o’rinbosari Daniyarov Muratbay Quanishbaevichlar va tuman ziyolilari, nuroniylar va ovul fuqarolari ishtirok etdilar.