O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan joriy yilning 11 noyabr kuni Qoraqalpoq davlat universitetida “11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayramiga bag’ishlab kasaba uyushma xodimlari o‘rtasida sportning kichik-futbol turi bo‘yicha “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi kubogi” sport musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasichning Qoraqalpog’iston Kengashi raisi o‘rinbosari M.Daniyarov, Tarmoq kasaba uyushmalarining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raislari, mas’ul tashkilotchilar ishtirok etib, musobaqa ishtirokchilarini qutlab, bajarayotgan sharafli ishlari bilan birgalikda ushbu sport musobaqasida faol ishtirok etayotganliklarini ta’kidlab, jamoalarga muvaffaqiyat tiladi.
Kun davomida qizg’in davom etgan sport musobaqada tajribali hakamlar hay’ati tomonidan g’olib jamoalar aniqlandi.
Bunda: “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi kubogi” uchun tashkil etilgan sport musobaqasida 3-o‘rinni Davlat muassasalari va jamoat xizmati tarmog’i jamoasi, 2-o‘rinni Madaniyat, sport va turizm tarmog’i jamoasi,
1-o‘rinni Ta’lim va fan tarmog’i jamoalari g’olib deb topildi
Jamoaviy hisobda g’olib bo‘lgan Ta’lim va fan tarmog’i jamoasiga “Kasaba uyushmasi kubogi” hamda turli nominatsiyalar bo‘yicha hamda g’olib jamoalarga diplom va qimmatbaho sovg’alari ham topshirildi.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: