“IBRATLI AYOL FERMER” KO‘RIK-TANLOVIDA ISHLARINI KO‘RSATISHDI

O‘zbekiston fermerlari Kengashi, O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda “Agrar soha ayollari” uyushmasining qo‘shma qarori asosida “Ibratli ayol fermer” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Tanlovning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi sohasida samarali mehnat qilayotgan, o‘z faoliyati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan fermer ayollarni aniqlash, ularning mehnatini munosib rag’batlantirish, ilg’or tajribalarini ommalashtirishdan iboratdir. Shuningdek, tanlov xotin-qizlarning agrar sohadagi bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, ularni zamonaviy yondashuv va yangi tashabbuslar asosida ishlashga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tumanlarimizda ham “Ibratli ayol fermer ” ko‘rik-tanlovi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Unda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan fermer ayollar ishtirok etib, o‘z xo‘jaliklarida amalga oshirayotgan ishlari, erishgan natijalari, mehnat tajribalari hamda kelgusi rejalari haqida so‘zlab berdilar.

Tanlov davomida ishtirokchilar nafaqat o‘zlarining amaliy ishlarini, balki fermerlik faoliyatida orttirgan tajribalarini ham o‘rtoqlashdilar. Bu esa ular o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, yangi g’oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘ziga xos muloqot maydonini yaratdi.

Tuman bosqichlarida g’oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar joriy yilning 25-sentyabr kuni “Ibratli ayol fermer” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichida munosib ishtirok etib, o‘zlarining fermerlik sohasidagi boy tajribasi, mehnat faoliyati, erishgan yutuqlari va ilg’or tashabbuslarini namoyish etdilar. Tanlov yakuniga ko‘ra:

1-o‘rin — Salieva Palzada Jienbaevna Kegeyli tumani “Arzыo‘” fermer xo‘jaligi rahbari

2-o‘rin — Dosimbetova Qizlargul Kalimbetovna  Amudaryo tumani “Dosimbetova Q” fermer xo‘jaligi rahbari

3-o‘rin — Ashirova Tajigul Allanazarovna Ellikqal’a tumani “Amirobod mardoni” fermer xo‘jaligi rahbarlari Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichida yuqori natijalarga erishdilar.

G’oliblarni taqdirlash marosimida ularning qishloq xo‘jaligi sohasidagi samarali mehnati, tashabbuskorligi va faolligi alohida e’tirof etildi. Tanlovda munosib o‘rinlarni egallagan fermer ayollar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.A.Jalmenov va Uzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi buyicha mas’ul tashkilotchisi E.E.Seytnazarovlar tomonidan I-II-III-taofali diplomlari hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar. Mazkur taqdirlash fermer ayollarning agrar sohadagi fidokorona mehnati va erishgan yutuqlarini munosib rag’batlantirishga xizmat qiladi.