Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan yosh tarbiyachilar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. Tanlov Nukus shahri 30-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi tomonidan tashkil etildi.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi — yosh pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ularning ijodiy va innovatsion yondashuvlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy usullarni keng joriy etishdan iborat bo‘ldi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etib, bolalar bilan ishlashdagi zamonaviy metodikalar, tarbiyaviy mashg’ulotlar va interaktiv usullar bo‘yicha chiqishlar qildi. Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning ijodkorligi, pedagogik mahorati va yangicha yondashuvlari yuqori baholandi.







Spelling error report
The following text will be sent to our editors: