2026 yil 7 aprel kuni Nukus shahrida Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan ommaviy yurish marafoni hamda sport musobakalari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi tomonidan tashkil etildi. Unda turli sohalarda mehnat qilayotgan yosh kasaba uyushmalari a’zolari faol ishtirok etdilar.
Marafon Nukus shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘ylab o‘tkazilib, ishtirokchilar sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va birdamlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ushbu tadbirda katta qiziqish bilan qatnashdilar.
Shuningdek, tadbir doirasida sportning so‘zish, shaxmat, stol tennis iva darst turlari bo‘yicha musobaqalari tashkil etilib, ishtirokchilar o‘rtasida do‘stona raqobat muhiti yaratildi. Faol ishtirok etgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan rag’batlantirildi.











Spelling error report
The following text will be sent to our editors: