O‘quv seminar o‘tkazildi

2025 yilning 17-noyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqolpog’iston Kengashi majlislar zalida «Kasaba uyushmasiga a’zo tashkilotlarda ish beruvchining kasaba uyushmalari faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishga doir majburiyatlari» mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqolpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat inspektsiyasi bosh mutaxassisi J.Kadirov va Mehnat inspektsiyasi texnik inspektori M.Nasirov, O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqolpog’iston Respublikasi birlashgan qo‘mitasi raisi Q.Bekmanovalar ishtirok etdi. Seminarda O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqolpog’iston Respublikasi birlashgan qo‘mitasi tarmoq tizimidagi a’zo boshlang’ich tashkilotlar kasaba uyushma qo‘mitasi raisilari qatnashdi. O‘quv seminarda O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasiga a’zo tashkilotlarda ish beruvchining kasaba uyushmalari faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishga doir majburiyatlari, Buxoro viloyatidagi kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yuzasidan tushinchalar berib o‘tdi.