O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi tomonidan poytaxtimizdagi fayizli o‘rinlarning birida 11 noyabr – «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni,» shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan tantanali bayram kechasi tashkil etildi.
Bayram kechasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raisi Ulug’bek Abillaevich Jalmenov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Aybek Umirbekovich Dauletbaev, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Rustam Abduraximovich Abduraxmanov va tarmoq kasaba uyushmasi faollari ishtirok etdi.
Dastlab, tadbirni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raisi U.Jalmenov ochib berdi.
U o‘z nutqida kasaba uyushmalarining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni, xodimlarning manfaatlarini himoya qilishdagi mas’uliyati va inson qadri ustuvor bo‘lgan Yangi O‘zbekistonning rivojlanishida bu tizimning tutgan o‘rni haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, barcha kasaba uyushmasi a’zolarini, mehnat jamoalarini 11 noyabr – «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Shundan so‘ng, Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Davletbaev so‘zga chiqib, mamlakatimizda kasaba uyushmalarining 120 yillik tarixida erishilgan yutuqlar, xodimlarning huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdagi ishlarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi. U tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, ularning fidokorona mehnatiga yuqori baho berdi. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi R.Abdurahmonov so‘zga chiqib, soha xodimlarini bayram bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tiladi.
Bayram kechasi davomida bir qator soha fidoyilari O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikalari «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi «Faxriy yorlig’i,» O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashining «Faxriy yorlig’i,» Nukus shahri hokimi «Faxriy yorlig’i,» Nukus shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining «Faxriy yorlig’i» bilan taqdirlandi. Shuningdek, bayramga bag’ishlab tarmoq boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti raislari o‘rtasida o‘tkazilgan «Eng faol boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi» ko‘rik-tanlovi g’oliblari diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Bayram kechasida ishtirokchilarga san’atkorlar tomonidan kontsert dasturi namoyish etilib, bayramga ko‘rk bag’ishladi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar mamlakatimizda mehnatkash insonlarga bo‘lgan hurmat, ularning manfaatlarini himoya qilish tizimi tobora takomillashib borayotganini ta’kidlab, kasaba uyushmalari harakati kelgusida ham jamiyat hayotida muhim o‘rin tutishini qayd etdi.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: