Joriy yilning 5 noyabr kuni “O‘zbekiston kasaba uyushmalari — 120 yil xalq bilan” shiori ostida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farxad Ermanov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengesi raisining o‘rinbosari Nurazizov Radjapbay, O‘zbekiston temiryo‘lchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Qutlimurod Sabirov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi raisi Ulug’bek Jalmenov, shuningdek, respublika rahbarlari, mehnat faxriylari, kasaba uyushmalari faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy barqarorlik va inson qadrini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.
Tadbir yakunida mehnat fidoyilari va sohadagi faollar davlat mukofotlari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Ular yurt ravnaqi, xalq farovonligi va mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilishdagi fidokorona xizmati bilan e’tirof etildi.
-Bugun kasaba uyushmalari faqatgina tashkilot emas — balki xalq tayanchi, mehnatkashning suyanchi, inson qadrini ulug’lovchi kuchga aylangan harakatdir. 120 yillik yo‘l — bu mehnat, birdamlik va xalq bilan elkadoshlik yo‘lidir. Yangi O‘zbekistonda kasaba uyushmalari ana shu ezgu an’anani davom ettirib, xalq farovonligi va yurt taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilishni davom ettirmoqda, — deydi tadbir ishtirokchisi nuroniyimiz Quo‘atbay Qadirimbetov.
San’at ustalari tomonidan ijro etilgan ashula va raqslar ishtirokchilar qalbini quvonchga to‘ldirdi va mexmonlar uchun bayram dasturhoni yozildi.











Spelling error report
The following text will be sent to our editors: