“11 noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti tomonidan boshqarma xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’ining ko‘chma kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada boshqarma tuman bo‘limlaridan jami 17 ta jamoa 157 nafar xodimlar qatnashdi.
Ishtirokchilar o‘zlarining sportga bo‘lgan qiziqishlarini, mahoratlarini namoyish etdilar.
O‘tkazilgan musobaqada jamoalar orasida yaxshi natijalarni ko‘rsatgan Mo‘ynaq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 13-sonli Kasblashtirilgan yong’indan qutqaruv qismi 1-o‘rin, Kegeyli tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 7-sonli Kasblashtirilgan yong’indan qutqaruv qismi 2-o‘rinni Chimboy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 21-sonli Kasblashtirilgan yong’indan qutqaruv qismi 3-o‘rinni egalladi.
Musobaqa g’oliblariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari va kubok topshirildi.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: