O‘zbekiston kasaba uyushmalari faoliyatining 120 yilligi arafasida 1 oktyabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan joriy yilning 26 va 27 sentyabr kunlari O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi tarkibidagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 100 nafar xodimlar Chilpiq qo‘rg’oniga, Beruniy tumanida joylashgan Sulton Uvays bobo va Ellikqal’a tumanida joylashgan Kechirmas bobo, Norimjon bobo ziyoratgohlariga olib borildi. Dastlab ziyoratchilar Sulton Uvays bobo ziyoratgohiga borib, u erda Qur’on tilovat etilib, fotiha qilindi. Shundan so‘ng Kechirmas bobo va Norimjon bobo ziyoratgohlarga ham tashrif buyurib, u erda ham Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi.
Ziyoratchilarga ushbu tarixiy majmua qadamjolarining tarixi, ulug’ siymolar, ularning maqbaralari qachon barpo etilgani haqida mutaxassislar tomonidan keng tushunchalar berildi.
Tarixiy majmua qadamjolariga bo‘lgan ziyoratlar xodimlar qalbida katta taassurotlar qoldirdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: