Barcha yaxshi narsa bolalarga!
Darhaqiqat, mamlakatimizda barcha narsalar ertamiz egalari bo‘lmish bolajonlar uchun. Yoz mavsumi boshlandi deguncha, ota-onalar farzandlarini biror joyda maroqli dam olishlarini ta’minlash payiga tushishadi. Va albatta, bunda yurtimizdagi mavjud dam olish oromgohlari farzandlarimiz uchun o‘ziga xos tanlovdir.
Qoraqalpog’iston Respublikasida ham bolalarning sog’lom va mazmunli dam olishlarini ta’minlash maqsadida joriy yilning 3 iyunidan boshlab oromgohlarga qabul boshlandi.
2025 yilgi mavsumda bolalarni sog’lomlashtirish ishlari to‘liq tizimlashtirilgan holda tashkil qilingan bo‘lib, bugungi kunga kelib Qoraqalpog’iston Respublikasida 11 ta statsionar va 69 ta kunduzgi oromgohlar faoliyat yuritmoqda.
Shundan shahar va tumanlarda joylashgan 69 ta kunduzgi oromgohlarda jami 16 750 nafar bola, 11 ta statsionar oromgohlarda 7 140 nafar jami 23 890 nafar bolalar sog’lomlashtirilishi rejalashtirilgan.
Barcha oromgohlar farzandlarimizning ko‘ngilli dam olishlari uchun xizmat qilar ekan, tibbiyot xodimlaridan tortib pedagog-xodimlaru, ma’naviyat xonalaridagi turli mavzudagi kitobolar bolajonlar ixtiyorida. Ayniqsa, har bir kun shunday taqsimlanganki, ular aslo zerikish nimaligini bilishmaydi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: