Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 2023-2025 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2024 yil davomida ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ijrosi bo‘yicha umumiy yig’ilishi hamda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali kasaba uyushma qo‘mitasining 2020 yilning fevral oyidan 2025 yilning fevral oyi oralig’ida ishlagan faoliyati to‘g’risida hisobot-saylov umumiy yig’ilishi o‘tkazildi.
Bunda O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Seytnazarov Erg’ali Erjanovich,O‘zbekiston transport, yul va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o‘rinbosari Sultonov Boxodir Fazilovich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Ilmuradova Gulnora Reypnazarovna, va Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori Esimbetov Adilbay Tlepovichlar ishtirok etdilar.
Yig’ilishda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali xodimlari kasaba uyushmasi tizimida 168 nafar a’zolaridan 136 a’zolar (80,9 %) ishtirok etib, ammo 32 a’zo uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmadi. Kun tartibidagi masala bo‘yicha kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib Kazakbaeva Gulchexra Atabaevna saylandi.
Yig’ilish kun tartibidagi, masalalar bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari o‘qib eshittirilib, masalalar muxokama qilib olindi. O‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Yig’ilish doirasida bu yil bo‘lib o‘tadigan hisobot-saylovlarni shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashga doir tushunchalar berib o‘tildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: