Hisobot-saylovlar mazmun-mohiyatiga bag’ishlandi

2025-yil 22-yanvar kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi majlislar zalida O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublika Kengashi tizimidagi 40 tan oshlam boshlang’ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazishga bag’ishlangan seminar o‘tkazildi. Mazkur seminarda Tarmoq Respublika Kengashi raisi urinbosari B.F.Sultanov va xududiy kengash raisi G.T.Paluaniyazovalar ishtirok etdi.

Seminar davomida  ishtirokchilarga “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g’risida Nizom” talablari asosida hisobot-saylov konferentsiyalarini o‘tkazish tartibi, qo‘mita a’zolarini saylash tartibi, hujjatlarni rasmiylashtirish, komissiya a’zolarining vazifalari va boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va tarkibini saylash, byulletenlarni to‘ldirish, sanoq komissiyasi va kotibiyatining ish jarayoni, yuqori tashkilot Konferentsiyasiga delegatlarni hamda taftish komissiyasi raisi va tarkibini saylashgacha bo‘lgan jarayonlar amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.