14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi

Ushbu tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasidagi ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh veteran baynalminal jangchilar ishtirok etdilar.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston kengashi raisi o‘rinbosari M.Daniyarov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mutaxassisi I.Xodjaevlar ishtirok etib, barchani bayram bilan tabrikladi. Ular o‘z so‘zlarida Vatan himoyachilari kuni nafaqat harbiy xizmatchilar, balki o‘z burchini bajargan vatandoshlarimizning, shuningdek, ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami ekanligi ta’kidlab o‘tishdi.

Shundan so‘ng ta’lim sohasida ishlayotgan baynalminal jangchilar hisoblangan bir guruh veteranlarni Respublika kengashining qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirladi.