O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga bag’ishlab “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak- Vatanmiz!” g’oyasi ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashida “Ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.
Unda Senator, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengasining Ma’naviyat va ma’rifat guruhi targ’ibotchisi, faxriy pedagog B.Sultonov, Qoraqalpog’iston Kengashi xodimlari va kasaba uyushmasi faollari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Mustaqillik bayrami munosabati bilan barchani yana bir bor muborakbod etib, O‘zbekiston mustaqilligi uchun kurashgan vatanparvar ajdodlarimiz, o‘z xalqini taraqqiyot sari boshlagan jadid bobolarimiz, milliy ozodlik yo‘lida jon fido etgan ulug’ ajdodlarimizning g’oyat og’ir sharoitda ham milliy istiqlol va hurriyat g’oyalariga sodiq qolgan qahramonlarimizning ezgu g’oya va tamoyillari shuningdek, mehnatkash va bag’rikeng xalqning bunyodkorlik salohiyati bilan erishilayotgan ulkan yutuqlari haqida so‘z yuritdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: