Amudaryo azaldan dehqonchilik va tomorqadan unumli foydalanib, mahnati evaziga mo‘may daromadni qo‘lga kiritish evaziga ham oilasi, hamda jamiyat iqtisodinining ko‘tarilishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tumanlar sirasiga kiradi. Amudaryo tumani hokimiyati majlislar zalida tuman korxona, tashkilot rahbarlari, agroklasterlar rahbarlari, yirik fermer xo‘jaliklari rahbarlari va Qoraqalpog’iston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi shahar va tuman kengash raislari, boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari uchun o‘quv -seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda, Amudaryo tumani hokimi Sabir Xojametov so‘zga chiqdi va qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar va galdagi rejalar xususida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari To‘xta Bozorov Mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, tarmoqga a’zo yirik korxona, tashkilotlar va agroklasterlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari to‘g’risida gapirdi.Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi o‘rinbosari Muratbay Daniyarov, O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Erg’ali Seytnazarov hamda kengashning mehnatni muhofaza qilish bo‘limi etakchi mutaxassisi Sultamurat Orazimbetovlar jamoa shartnomalarining o‘rni,mehnat muhofazasi to‘g’risda ma’ruza qildilar.
Mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, korxona, tashkilot, fermer xo‘jaliklari, agroklasterlarda mehnat muhofazasi va havfsizligi ishlarini tashkil etish bo‘yicha tashkil qilingan o‘quv- seminar yakunida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi va ishtirokchilar tomonidan kiritilgan takliflarga mutasaddilardan zarur tavsiyalar berib o‘tildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: