Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston kengashida O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish,qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasining kengaytirilgan yig’ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig’ilishda Qoraqalpog’iston Respublikasi qurilish vazirligi va transport, kapital qurilish hamda yo‘l xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari rahbarlari, O‘zbekiston transport,yo‘l va kapital qurilish industriyasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Bahodir Sultanov, mazkur kengashning ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Shohistaxon Chorieva, bosh hisobchi Shavkat Sodiqov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi o‘rinbosari Muratbay Daniyarov hamda Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi raisi Gulmira Palvaniyazovalar ishtirok etdi.
Yig’ilish avvalida O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish industriyasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Bahodir Sultanov so‘zga chiqib, kasaba uyushma tomonidan mazkur sohada 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga to‘xtaldi hamda ijtimoiy himoya, mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog’iston Respublikasi shahar va tumanlaridagi transport, yo‘l, qurilish industriyasi sohalarida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar xodimlarining, shuningdek iqtisodiyotning nodavlat sektoridagi yangidan tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlovchilarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini va huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda kasaba uyushma tashkilotlarini tuzish bo‘yicha kasaba uyushmalariga amaliy yordam berishi ko‘rsatib o‘tildi.
Kunning ikkinchi yarmida Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi boshlang’ich tashkilotlar kasaba uyushma raislari, shuningdek, sohaga tegishli xodimlar ishtirokidagi yig’ilish ham ayni kun mavzusiga bag’ishlandi va mutsaddilar Sh.Chorieva, Sh.Sodiqovlar mehnat ta’tili, a’zolik afzalliklari xususida so‘z yuritdilar.
Ta’kidlanganidek, o‘tgan 2023 yilda kasaba uyushma faollari, mutasaddilar xalq ichiga kirib bordi va ularning ijtimoiy ahvolini o‘rganib,jamoatchilik nazoratini olib bordi. Ta’kidlash joizki, qurilish ob’ektlari, yo‘l transport sohasida uchrayotgan muammolarga echim topish masalalari hal qilinishida kasaba uyushmaning tutgan o‘rni alohida.
Yig’ilish so‘ngida ishtirokchilar ijtimoiy himoya, jamoa shartnomasi va nafaqa masalasida o‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: