Mehnat qonunchilik sohasidagi o’zgarishlar haqida tushinchalar berildi

Qoraqalpog’iston Respublika Nukus transport texnikumida o’zgarishlar va qo’shimchalar bilan yangilangan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo’yicha yangi Mehnat kodeksining mazmun va mohiyatini tushintirish bo’yicha tadbir utkazildi.

Tadbirga O’zbekston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi murojatlar bilan ishlash bo’limi bosh mutaxassisi Urazbaev Oralbay, O’zbekiston transport yul va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublika kengashi raisi Gulmira Paluaniyazova va boshlang’ich kasaba uyushmalari faollari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilarga Konstitutsiyaga va Mehnat kodeksiga kiritilgan o’zgarishlar to’g’risida tushintirishlar berildi va savollarga javoblar oldilar.