O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan 9 may – «Xotira va qadrlash kuni» bayrami munosabati bilan aholi salomatligi yo’lida jonlarini fido qilgan tibbiyot xodimlarini xotirlash, ular oilasi va yaqinlari holidan xabar olish, shuningdek, ko’p yillar sohada fidokorona mehnat qilgan va hozirda nafaqada bo’lgan mehnat faxriylari, kasaba uyushma faollarini qadrlash, ularni e’tirof etish maqsadida aktsiya e’lon qilingan.
Ushbu aktsiya doirasida joriy yilning 6 may kuni O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan ko’p yillar mobaynida soha xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat huquqlarini himoya qilib kelgan va hozirda mehnat nafaqasida, shuningdek, o’zining asosiy mutaxasssisligi bo’yicha ishlayotgan kasaba uyushmasi faollarining xizmatlarini e’tirof etish va qadrlash maqsadida tadbir o’tkazildi.
O’tkazilgan tadbirga tarmoq muassasalarining kasaba uyushma qo’mitalarida ishlab ketgan kasaba uyushmasi faollari taklif etildi.
Tabdirda so’zga chiqgan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi o’rinbosari M.Daniyarov, O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raisi L.Baybosыnovalar tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, kasaba uyushma ko’mitalari faollarining ko’p yillik mehnatlarini e’tirof etib, ularga O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tayyorlangan 17 ta Qadrnomalarni shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovg’alarni tantanali ravishda topshirdilar.
O’z navbatida so’zga chiqgan kasaba uyushmasi faollari ko’rsatilayotgan izzat-hurmat va e’tirof uchun o’zlarining chuqur minnatdorchiliklarini bildirib o’tdilar.
Tadbir so’ngida kasaba uyushmasi faollariga bayram dasturxani tashkil etildi.
Ushbu tadbirlar bilan bir qatorda joylarda muassasa kasaba uyushma ko’mitalari tomonidan ish beruvchilar bilan hamkorlikda 9 may – «Xotira va qadrlash kuni» bayrami munosabati bilan O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tayorlangan 72 ta Yadnoma sohada samarali mehnat qilib, vafot etgan soha xodimlarining oila a’zolariga, hamda sohada ko’p yillar ishlagan va hozirda nafaqada bo’lgan faxriylarga 115 ta Qadrnomalar, shuningdek, ko’p yillar mobaynida soha xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat huquqlarini himoya qilib kelgan kasaba uyushma faolariga 12 ta Qadrnomalar va O’zbekiston soqliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovg’alar topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: