Mehnat muhofazasining ijobiy madaniyatini birgalikda shakllantiramiz

2022 yil 22-25 aprel kunlari O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 28 aprel «Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni»ga bag’ishlangan «Mehnat muhofazasining ijobiy madaniyatini birgalikda shakllantiramiz» mavsuda chora-tadbirlar o’tkazildi.

Tadbirlar joriy yilning 22 aprel kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi, Qonliko’l tumanida hamda 25 aprel kuni Taxiatosh «Issiqlik Elektr Stantsiyasi» AJda o’tkazilgan bo’lib, tadbirlar davomida xodimlarga xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarishda yuz berayotgan baxtsiz hodislarning oldini olish hamda mehnat muhofazasining ijobiy madaniyatini shakllantirish bo’yicha amaliy yordamlar berildi.