Kengashi Kubogi musobaqasi o’tkazildi

11-noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan xodimlar o’rtasida sport musobaqalarini tashkil etish va o’tkazish orqali ularning bo’sh vaktlarini mazmunli o’tkazish, ularni sportga keng turda jalb etish orqamli sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish maqsadida 2021 yil 6 noyabr kuni O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi futbol Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Nukus shahar 1 sonli bolalar va o’smirlar sport maktabi bazasida tarmoq xodimlari o’rtasida sportning kichik futbol turi bo’yicha «O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi Kubogi” musobaqalari o’tkazildi.

Kubok musobaqalariga shahar va tumanlardan 18 ta mehnat jamoalari, 144 xodim ishtirok etdilar.

Musobaqa yakuni bo’yicha 3-o’rinni Qoraqalpog’iston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamiyat salomatligi boshqarmasi, 2-o’rinni Qo’ng’irot tuman tibbiyot birlashmasi, 1-o’rinni va «O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi Kubogi”ni Qorao’zak tuman tibbiyot birlashmasi jamoasi egalladilar.

Kubok musobaqasining 1-,2-,3-o’rin g’oliblariga O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan tegishli darajadagi musobaqa kubogi, medallar, diplomlar hamda baholi sovg’alar tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, kubok musobaqalarida faol ishtirok etgan barcha jamoalar hamda «Eng yaxshi darvozabon», «Eng yaxshi hүjumchi», «Eng yoshi ulkan ishtirokchi», «Eng yosh ishtirokchi», «Eng yaxshi o’yinchi», «Eng yaxshi himoyachi» nominatsiyalari bo’yicha g’oliblar ham diplom va baholi sovg’alar bilan taqdirlandilar.