Kengash kubogi musobaqasi o‘tkazildi

11-noyabr – «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kүni» bayrami munosabati bilan 2026 yil 05 noyabr kuni Nukus Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi sport bazasida Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda sog’liqni saqlash  xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi  kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa yakunida I, II, Sh o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek, «Eng yaxshi darvozabon», «Eng yaxshi hujumchi», «Eng yoshi katta ishtirokchi», «Eng yosh ishtirokchi», «Eng yaxshi o‘yinchi», «Eng yaxshi himoyachi» nominatsiyalari bo‘yicha g’oliblar aniqlandi.

Musobaqa g’oliblari O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi  Kengashi tomonidan tegishli darajadagi kubok, medal, diplomlar va baholi sovg’alar bilan, shuningdek, nominatsiya g’oliblari diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.