Prezidentimiz tomonidan yurtimizda har haftaning payshanba kuni – Yoshlar kuni etib belgilangandan buyon, ta’lim muassasalarida shu kuni yoshlar ishtirokida qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
30 iyun – «Yoshlar kuni» bayrami munosabati bilan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi kengashi hamda Nukus shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorlikda tarmoqdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ishlovchi xodimlar o‘rtasida Voleybol sport musobaqasi joriy yilning 2 iyul kuni Nukus shahri 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bazasida o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada shahar shahar maktabgacha ta’lim muassasalarida mehnat qilayotgan xodimlar ishtirok etib, o‘zaro bellashdi.
Qizg’in bahs va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan musobaqa xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularning g’alabaga bo‘lgan ishtiyoqini mustahkamladi. Barcha ishtirokchilar musobaqada g’olib bo‘lish uchun mas’uliyat bilan harakat qildi.
Musobaqa yakunida g’oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolari bo‘linma tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Ushbu tadbir nafaqat bayram sovg’asi, balki xodimlar salomatligini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: