«Butunjaxon mehnat muxofazasi» kuni munosabati bilan o‘quv seminari o‘tkazildi

2026-yil 24 aprel kuni Amudaryo tuman Madaniyat bo‘limi majlislar zalida 28 aprel «Butunjaxon Mehnat muxofazasi kuni»ga bag’ishlab «Xavfsiz Mehnat asoslari» mavzusida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarga tumandagi tashkilot raxbarlari va Mehnat muxofazasi bo‘yicha biriktirilgan vakillar ishtirok qilishdi.

Seminarni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Qoraqalpog’iston kengashi raisi Jalmenov Ulug’bek Abilaevich «Mehnatni muxofaza qilishning yangi bosqichi» mavzusida kirish so‘zi bilan ochdi.

«Mehnatni muxofaza qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish» to‘g’risida Qoraqalpog’iston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat Mehnat inspektsiyasi, Davlat texnik inspektori – Seydullaev Mamanbiy Kalilaevich .

«Mehnatni muxofaza qilish bo‘yicha mutaxassis va vakil to‘g’risida tushunchalar» mavzusida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi Mehnat texnik inspektori -Utepbergenov Bekpolat Allanazarovich .

«Mehnat va Mehnat qonunchiligiga doir masalalar» to‘g’risida Qoraqalpog’iston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat Mehnat inspektsiyasi, Davlat xuquq inspektori – Shomuratov Raxmon Jumaniyazovich.

«Zararli va xavfli ish sharoitida ishlovchi xodimlarga yaratilgan imtiyozlar » to‘g’risida  O‘zbekiston  sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha texnik inspektori -Abdiyazov Polat Zaripbaevich lar ma’ruza qilishdi.

O‘quv seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Mutaxassislar berilgan savollarga aniq va to‘liq ravishda javob berdilar. O‘quv seminar ko‘tarinki ruxda bo‘lib o‘tdi.