O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi majlislar zalida joriy yilning 31 yanvar kuni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi tarkibidagi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan kasaba uyushmasi a’zolari va O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi birlashgan ko‘mitasi tarkibidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan kasaba uyushmasi a’zolari ishtirokida “Kitob-ma’naviyat ko‘zgo‘si” mavzusida “Ma’naviyat soati” o‘tkazildi.
O‘tkazilgan “Ma’naviyat soati” ga O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Qoraqalpog’istonga mehnati singan madaniyat xodimi, “Do‘stlik” ordeni egasi, shoira Gulistan Dauletova va O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi O.Saparovalar taklif etildi. “Ma’naviyat soati” mehmonlari ishtirokchilarga kitobning inson hayotidagi ahamiyati, kitob o‘qish madaniyatini har bir oilada dasturga aylantirish, insonlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini orttirish bo‘yicha o‘zlarining hayotiy kechirmalarini aytib berdi. Shuningdek, shoira G.Dauletova o‘zining yozgan qo‘shiqlarining yaratilish tarixi, yozgan qo‘shiqlariga bastakorlar tomonidan ko‘y bastalangani va xalqimizga keng tarqalayotganini aytgan bo‘lsa, yozuvchi O.Saparova o‘zining yozgan «Tәg’dir soqpaqlarы», «Qaydasang Chinara», «Үsh avtordыng bir qaharmanы» va hakozo mavzularda yozgan kitoblaridan parchalar o‘qib berdi.
O‘tkazilgan “Ma’naviyat soati” qiziqli va ishtirokchilarda katta ta’sirlar qoldiradigandek mazmunli bo‘lib o‘tdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: