2023 yilning 28 aprel kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federaciyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 28 aprel «Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni»ga bag’ishlangan “Inson qadri va salomatligi – ish joylaridagi xavfsiz mehnat qilish sharoitlari bilan uzviy bog’liq” mavzusida chora-tadbirlar o’tkazildi.
Xalqaro mehnat tashkilotining tasshabbusi bilan 2003 yildan buyon dasturga aylanib har yili nishonlanib kelayotgan ushbu tadbir, dunyo jamoatchiligini ulkan muammoga, ya’ni ish joylarida yuz berayotgan oqibati engil, og’ir hamda o’lim bilan yakunlangan baxtsiz hodisalarni, xodimlar kasb kasalliklariga uchrashlarining oldini olish va mehnatni muhofaza qilish masalalariga e’tiborni kuchaytirishga qaratib kelmoqda.
Ish joylaridagi xavfsizlikka ega bo’lgan mehnat sharoitlari bu – xavfsiz va sog’lom sharoitlariga bo’lgan huquq etakchiligi hamda xodimlar tomonidan qadrlanishi va ularning rag’batlantirilishi.
Barcha tomonlarning mehnat xavfsizligi va gigienasini doimiy yaxshilab borishdagi harakat – inson qadri va salomatligi yo’lidagi samarali harakatni shakllantiradi.
Global rivojlanish jarayoni oldimizga yangi vazifalarni qo’ymoqda.
Biz sog’lom muhitni yaratgan holda, insonlar xavfsiz sharoitlarda mehnat qilishiga erishishni maqsad qilganmiz.
Tajriba shuni ko’rsatmoqda, xavfsiz mehnat qilish sharoitlari yuqori darajada bo’lishi xodimlarga, ish beruvchilarga va Hukumatga ham birdek foyda keltiradi.
Inson qadri va salomatligi yo’lida – ish beruvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish sohasiga yo’naltirilgan mablag’ bu mablag’ emas, balki kelajak uchun investitsiya hisoblanadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: