Yoshlarning korxonaga tashrifi

Berdaq nomidagi Qoraqalpok davlat universitetining bir qator talaba yoshlarining Nukus shahrida joylashgan “IMZO” brendi bilan faoliyat yurituvchi, yirik ishlab chiqaruvchi korxonaga tashrifi tashkil etildi.

Ushbu tadbirni tashkil qilishdan maqsad oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari talabalarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb qilish, kelajakda munosib ish joyini topishga ko’maklashish hamda respublika hududlaridagi yirik korxonalar faoliyati bilan tanishtirish hisoblanadi.