O’zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan aholining yordamga muhtoj qatlamlarini, imkoniyatlari cheklangan shaxslarni, ayniqsa, o’zgalar ko’magiga muhtoj yolg’iz keksalarni manzilli ijtimoiy muhofazasini ko’chaytirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
11-noyabr – O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 2022 jыl 2-15 noyabr kunlari oralig’ida «Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!» g’oyasini mujassam etgan muruvvat tadbirlari o’tkazilmoqda.
Joriy yilning 5 noyabr kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi hodimlari hamda faollari bilan Chimboy tumanida joylashgan erkaklar uchun «Muruvvat uyi»dan xabar olindi.
Tadbirda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisining o’rinbosari M.Daniyarov ishtirok etib, ushbu uyda yashovchilar bilan suhbatlashdi hamda ularning xol ahvoli, yashash tarzi bilan yaqindan tanishdi.
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan “Muruvvat uyi”ga jami 7 mln. 500 ming so’m homiylik yordamlari ko’rsatildi.
Shu kabi tadbirlar O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasaruffidagi tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida tashkil etilmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: