25 mart kuni «Qoraqalpoq xududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda 2020-2022 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2021 yilda bajarilishi bo’yicha mehnat jamoasi konferentsiyasi bulib utdi.
Konferentsiyada jamiyat bosh direktori Allabay Satbaevich Nurыmbetov hamda kasaba uyushma qo’mitasi raisi Statsenko Valeriy Petrovich «Jamoa shartnomasini 2021 yilda bajarilishi to’g’risida»gi xisobotlari eshitildi.
Konferentsiyada xotin-qizlar ko’mitasi raisi Samatova Adilya, Mustahkamlik ham xavfsizlik texnika xizmati boshlig’i Xolimbetov Shavkat suzga chiqib jamiyatda qabul qilingan jamoa shartnomalarida belgilangan imtiyoz va kafolatlardan amalda maksimal qo’llanilib, xodimlar va ularning farzandlarini dam olishlari va davolanishlari uchun imtiyozli yo’llanmalar olishta, mehnatkashlarning ijtimoiy, moddiy va manaviy qo’llab-quvvatlashta barcha imkoniyatlardan foydalanib, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Konferentsiya ishida O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o’rinbosari Tuxtaev Saidmurod Saidmaxmudovich va O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi Raisining Yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi Aliev Nurlan Alievichlar ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar to’g’risida o’z fikrlarini bildirishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: