{"id":3778,"date":"2026-05-13T15:31:39","date_gmt":"2026-05-13T10:31:39","guid":{"rendered":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/?page_id=3778"},"modified":"2026-05-13T15:48:39","modified_gmt":"2026-05-13T10:48:39","slug":"zbekstan-k-siplik-a-amlary-federaciyaysy-belgileri","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/qq\/zbekstan-k-siplik-a-amlary-federaciyaysy-belgileri","title":{"rendered":"\u00d3zbekstan k\u00e1siplik awqamlar\u0131 Federaciyas\u0131 belgileri"},"content":{"rendered":"<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/emblema.png\" \/><\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi emblemasi to\u2018g&#8217;risida N I Z O M<\/strong><\/p>\n<p>1. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi emblemasi O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cNodavlat notijorat tashkilotlari to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Qonuni<br \/>\nhamda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Ustaviga muvofiq ta&#8217;sis etiladi.<br \/>\n2. Emblemada kasaba uyushmalarining bosh vazifasi: a&#8217;zo tashkilotlarning kasaba uyushmalari a&#8217;zolarini ijtimoiy-mehnat va fuqarolik huquqlari, ishlab chiqarish, kasbiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish borasidagi sa&#8217;y-harakatlarini birlashtirish hamda muvofiqlashtirish, shuningdek a&#8217;zo tashkilotlarning umumiy maqsadlariga erishish, umumiy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish, mazkur masalalarda davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining ijtimoiy sherikligi aks etgan.<br \/>\n3. Emblema O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari, Federatsiya Kengashi tasarrufidagi va hududiy birlashmalar tomonidan tashkil etilgan korxona va tashkilotlar binolarining old tomoniga joylashtiriladi.<br \/>\n4. Emblema Federatsiya tizimida amal qiladigan yagona nusxadagi a&#8217;zolik biletlarida, Federatsiya Kengashining, o\u2018z ramzlariga ega bo\u2018lmagan Federatsiyaga a&#8217;zo tashkilotlar, Federatsiya Kengashi tasarrufidagi tashkilotlarning blanklari, muhrlari, kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan chiqariladigan turli nashrlarda, esdalik sovg&#8217;alarida aks etgiriladi.<br \/>\n5. Emblema O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Federatsiyaga a&#8217;zo va Federatsiya Kengashi tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan o\u2018tkaziladigan konferentsiya, simpozium, seminar va uchrashuvlarda ko\u2018rinarli joyga ilib qo\u2018yiladi.<br \/>\n6. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi emblemasining takrorlanayotgan tasviri, uning katta-kichikligidan qat\u2019iy nazar, tasdiqlangan rangli va oq-qora tasviriga aniq mos bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi emblemasi T A V S I F I<br \/>\n<\/strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining yangi tahrirdagi ramzida ijtimoiy sheriklik asosida kasaba uyushmalari a&#8217;zolarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlari himoyasi \u2013 davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari ijtimoiy sherikligi asosida amalga oshirilishini ifoda etuvchi vositalar tasviri aks ettirilgan.Xususan, kasaba uyushmalari Federatsiyasining yangi tahrirdagi ramzida aks etgan uch nafar inson tasviri \u2013 davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining ijtimoiy sheriklik asosidagi faoliyatini ifodalaydi. Mazkur uch nafar inson tasvirining O\u2018zbekiston Respublikasi xaritasi uzra aks ettirilishi esa bu faoliyatning mamlakat miqyosida amalga oshirilishini anglatadi.<\/p>\n<p>Uch inson tasvirining bir-biri bilan jipslikda tasvirlanishi \u2013 davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining ijtimoiy sheriklik asosidagi faoliyati uyg&#8217;unligini, ularning inson manfaatlarini ta&#8217;minlashga qaratilgan maqsadlarining mushtarakligini aks ettiradi.<\/p>\n<p>Shuningdek, uch inson tasviridagi bir tomondan yuqoriga ko\u2018tarilgan qo\u2018llar davlatimiz siyosatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biri bo\u2018lgan va mamlakatimizda eng oliy qadriyat hisoblangan inson manfaatlari yo\u2018lidagi ezgu ishlarda ijtimoiy hamkor taraflar \u2013 davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining yuksak maqsadlar sari doimiy olg&#8217;a intilishi ma&#8217;nosini anglatadi.<\/p>\n<p>Tasvirdagi insonlar obrazida aks etgan ranglar esa Respublikamiz bayrog&#8217;iga hamohanglik bilan birga yashil rang \u2013 doimiy barhayotlik, yangilanish va rivojlanish, oq rang \u2013 soflik, faoliyatdagi ochiqlik va oshkoralik, moviy rang \u2013 Vatanimizdagi barqaror tinchlik, musaffo osmonimiz, beg&#8217;uborlik ramzi sifatida ifodalangan.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalari Federatsiyasining yangi tahrirdagi ramzida aks etgan O\u2018zbekiston Respublikasi xaritasi tasviri ikki xil rangda:<\/p>\n<p>1. Xantal rangida;<br \/>\n2. Jigarrangda berilishi mumkin.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi xaritasi uzra aks etgan \u00abO\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi\u00bb yozuvi to\u2018q ko\u2018k rangda ifodalanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/bayroq.png\" \/><\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bayrog&#8217;i to\u2018g&#8217;risida N I Z O M<\/strong><\/p>\n<p>1. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bayrog&#8217;i O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cNodavlat notijorat tashkilotlari to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Qonuni hamda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Ustaviga muvofiq ta&#8217;sis etiladi.<br \/>\n2. Federatsiya bayrog&#8217;i: Federatsiya, respublika kasaba uyushmalari Qurultoylari va kengash yig&#8217;ilishlarida, xalqaro hamda boshqa anjumanlarda, rasmiy delegatsiyalarning xorijiy mamlakatlarga safarlari chog&#8217;ida, sport musobaqalarida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining timsoli bo\u2018ladi.<br \/>\n3. Bayroq butun uzunligi bo\u2018ylab sidirg&#8217;a och moviy rangdan tarkib topgan to\u2018g&#8217;ri to\u2018rtburchak shaklidagi mato bo\u2018lib, uzunligi 200 santimetrga, kengligi 100 santimetrga teng (nisbati 2:1).<\/p>\n<p>Bayroqning o\u2018rtasida, ya\u2019ni bayroqning chap va o\u2018ng tomonlaridan 40 santimetrdan, yuqori va pastki tomonlaridan 20 santimetrdan masofada O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi emblemasi uzunligi 120 santimetr, kengligi 60 santimetrga teng to\u2018g&#8217;ri to\u2018rtburchakka sig&#8217;adigan qilib joylashtirilgan.<\/p>\n<p>4. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bayrog&#8217;i Federatsiya Kengashi, Federatsiyaga a&#8217;zo tashkilotlar raislarining hamda Federatsiya Kengashi tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining ish kabinetlarida, shuningdek Federatsiya Kengashining binosi va majlislar zallarida, kasaba uyushmalari tashkilotlari hududiy birlashmalarining majlislar zallarida o\u2018rnatiladi.<br \/>\n5. Bayroq O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Federatsiyaga a&#8217;zo va Federatsiya Kengashi tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan o\u2018tkazilayotgan tadbirlarda, sport musobaqalarida ko\u2018tarilishi mumkin. Bayroq umummilliy tadbirlar va tantanalar chog&#8217;ida O\u2018zbekiston Respublikasining Davlat bayrog&#8217;i bilan bir vaqtda ko\u2018tarilsa, O\u2018zbekiston Respublikasining Davlat bayrog&#8217;i (binoning old tomoniga qarab turganda) chap tomonda, Federatsiya bayrog&#8217;i o\u2018ng tomonda ko\u2018tarilmog&#8217;i kerak.<br \/>\n6. Bayroqning turli o\u2018lchamlarda chiqarilishiga yo\u2018l qo\u2018yiladi. Bunday holda bayroqning uzunligi va kengligi (nisbati 2:1) saqlanishi, bayroq va uning tasviri katta-kichikligidan qatiy nazar, hamma vaqt tasdiqlangan rangli va sxematik tasviriga aniq mos bo\u2018lishi kerak.<br \/>\n7. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Federatsiyaga a&#8217;zo va Federatsiya Kengashi tasarrufdagi tashkilotlar buyurtmasiga asosan tayyorlanayotgan matbaa, reklama-axborot va yodgorlik buyumlarida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bayrog&#8217;i aks etgirilishi mumkin.<br \/>\n8. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bayrog&#8217;ini tayyorlash, saqlash ustidan nazorat Federatsiya Kengashi ishlar boshqarmasiga yuklatiladi.<\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bayrog&#8217;i T A V S I F I<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bayrog&#8217;i \u2013 bayroqning butun uzunligi bo\u2018ylab sidirga och moviy rangdan tarkib topgan to\u2018g&#8217;ri to\u2018rtburchak shaklidagi matodir.<\/p>\n<p>Bayroqdagi och moviy rang \u2013 musaffo osmon ramzi bo\u2018lib, tinchlik, osoyishtalik timsolidir.<\/p>\n<p>Bayroqning uzunligi 200 santimetrga, kengligi 100 santimetrga teng (nisbati 2:1).<\/p>\n<p>Bayroqning o\u2018rtasida, ya\u2019ni bayroqniig chap va o\u2018ng tomonlaridan 40 santimetrdan, yuqori va pastki tomonlaridan 20 santimetrdan masofada O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi emblemasi uzunligi 120 santimetr, kengligi 60 santimetrga teng to\u2018g&#8217;ri to\u2018rtburchakka sig&#8217;adigan qilib joylashtirilgan.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bayrog&#8217;i och moviy rangda bo\u2018lib, uning markazida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining yangi tahrirdagi ramzi aks etgan.<\/p>\n<p>Bayroqning och moviy rangda ifodalanishi o\u2018ziga xos ramziy ma&#8217;noga ega. Ya\u2019ni, och moviy rang orqali mamlakatimizdagi sog&#8217;lom ijtimoiy-siyosiy muhit natijasida fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan, kasaba uyushmalari faoliyati, ular faoliyatini rivojlantirish uchun yaratilgan qulay va etarli shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar ifoda etilgan.<\/p>\n<p>Bayroq o\u2018lchami 2 metrga 1 metr nisbatda olinadi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi emblemasi to\u2018g&#8217;risida N I Z O M 1. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi emblemasi O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cNodavlat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-3778","page","type-page","status-publish","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/3778","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3778"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/3778\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3794,"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/3778\/revisions\/3794"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qqr.kasaba.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3778"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}